Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bas, Odam o`z Robbisidan so`zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. (37)
Tafsir
Odam alayhissalom Alloh taolo yuborgan soʻzlarni qabul qildi. Yani, Alloh uning qalbiga qanday duo qilishi ilhomini soldi. Bu mano Allohning tubandagi oyatida ham zikr qilingan: "Ular (Odam va Havo), Parvardigoro, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni kechirmasang va bizga rahm qilmasang, ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolishimiz muqarrar". (Arof surasi, 23-oyat) Keyin Alloh uning tavbasini qabul qildi va uni kechirdi. Zero, har qanday nuqsondan pok Alloh bandalarining tavbalarini qabul qiladigan, ularga Mehribon Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: