Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 41

وَآمِنُوا بِمَا أَنْزَلْتُ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوا أَوَّلَ كَافِرٍ بِهِ ۖ وَلَا تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَنًا قَلِيلًا وَإِيَّايَ فَاتَّقُونِ 41 ٤١

Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi bo`lmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling. (41)

Tafsir
Hali oʻzgartirilmagan haqiqiy Tavrotda kelgan tavhidga – Allohni bir deb bilishga va Muhammad alayhissalomning paygʻambar qilib yuborilishi haqidagi xabarni tasdiqlab kelgan Quronga iymon keltiring! Unga birinchi boʻlib kufr keltirganlar boʻla koʻrmang! Men nozil qilgan oyatlarni obroʻ, mansab kabi arzimas pulga sotib yubormang! Mening gʻazabim va azobimdan qoʻrqing!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin