Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to`lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qo`rqing. (48)
Tafsir
Buyruqlarni bajarish va taqiqlardan tiyilish ila oʻzingizni Qiyomat azobidan xalos eting. U kunda hech kim hech kimga hech narsa qilib bera olmaydi. Hech kim hech kimning ogʻirini yengil qilolmaydi. Hech kim hech kimga foyda berolmaydi. Bunday ishlar sodir boʻlganda ham faqat va faqat Allohning izni ila boʻladi. Zamin toʻla oltin boʻlsa ham hech qanday toʻlov qabul qilinmaydi. U kunda ularga hech kim yordam berolmaydi. Hech kim yordam berolmasa, hech kim shafoat qilolmasa, hech qanday toʻlov qabul qilinmasa, qayoqqa ham qochardilar?!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: