Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 54

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنْفُسَكُمْ بِاتِّخَاذِكُمُ الْعِجْلَ فَتُوبُوا إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَاقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ عِنْدَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 54 ٥٤

Musoning o`z qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila o`zingizga o`zingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, o`zingizni o`zingiz o`ldiring, shundoq qilmog`ingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani ko`plab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang. (54)

Tafsir
Nematlarimizdan yana biri shu ediki, Alloh sizlarni buzoqqa ibodat qilishdan tavba qilishga muvaffaq ayladi. Muso alayhissalom sizlarga shunday dedi: "Buzoqni oʻzinglarga Xudo qilib olib, oʻzinglarga oʻzinglar zulm qildinglar. Endi tavba qilib, sizlarni yaratgan, yoʻqdan bor qilgan Zotga qaytinglar! Bu ish bir-biringlarni oʻldirish bilan boʻladi. Shu tarzda tavba qilish sizlar uchun doʻzaxda abadiy qolishdan koʻra yaxshiroqdir". Allohning madadi va tavfiqi ila bu ishni amalga oshirdinglar va Alloh sizlarni kechirdi. Chunki U Kechirimli, Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin