Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 54 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 54 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنْفُسَكُمْ بِاتِّخَاذِكُمُ الْعِجْلَ فَتُوبُوا إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَاقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ عِنْدَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۚ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 54
Tarjima:
Musoning o`z qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila o`zingizga o`zingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, o`zingizni o`zingiz o`ldiring, shundoq qilmog`ingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani ko`plab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang. Al-Baqarah 2:54
Tafsir:
Nematlarimizdan yana biri shu ediki, Alloh sizlarni buzoqqa ibodat qilishdan tavba qilishga muvaffaq ayladi. Muso alayhissalom sizlarga shunday dedi: "Buzoqni oʻzinglarga Xudo qilib olib, oʻzinglarga oʻzinglar zulm qildinglar. Endi tavba qilib, sizlarni yaratgan, yoʻqdan bor qilgan Zotga qaytinglar! Bu ish bir-biringlarni oʻldirish bilan boʻladi. Shu tarzda tavba qilish sizlar uchun doʻzaxda abadiy qolishdan koʻra yaxshiroqdir". Allohning madadi va tavfiqi ila bu ishni amalga oshirdinglar va Alloh sizlarni kechirdi. Chunki U Kechirimli, Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 53 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 55