«Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan ko`rmagunimizcha, senga ishonmaymiz», deganingizni, shunda sizni o`zingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang. Al-Baqarah 2:55 ⧉
Tafsir:
Ota-bobonglar haddidan oshib, Muso alayhissalomga, Allohni ochiq, aniq koʻrmagunimizcha senga ishonmaymiz, deganlarini eslang. Oʻshanda sizlarni - bir-biringlarga qarab turgan holingizda - yashin urib oʻldirgandi.