Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 57)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 57

وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ الْغَمَامَ وَأَنْزَلْنَا عَلَيْكُمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ ۖ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 57 ٥٧

Va bulutni ustingizdan soya soldirib qo`ydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilardilar. (57)

Tafsir
Nematlarimizdan yana biri shu ediki, yer yuzida quyoshning haroratidan toliqib qolganinglarda bulutni sizlarga soyabon qildik. Boldek shirin ichimlikni, bedanadek goʻshti shirin qushchani nozil qilib, sizlarga rizq qilib berganimiz bu xush narsalardan yeb-ichinglar, dedik. Bu nematlarga noshukrlik, nonkoʻrlik qilish bilan ular Bizga emas, oʻzlariga zulm qildilar. Savobdan mosuvo, azobga esa sazovor boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin