Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 67)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 67

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً ۖ قَالُوا أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًا ۖ قَالَ أَعُوذُ بِاللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ 67 ٦٧

Muso o`z qavmiga: «Alloh sizga sigir so`ymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan bo`lishimdan Allohdan panoh so`rayman», – dedi. (67)

Tafsir
Eng sara ajdodinglar bilan Muso alayhissalom oʻrtasida nimalar kechganini eslanglar. Ularga, bir sigir soʻyinglar, desa, darrov soʻya qolmasdan, bizni masxara qilyapsanmi, deyishdi. Bunga javoban Muso, Alloh aytmagan gapni aytdi deydigan yolgʻonchi va odamlarni masxara qiladigan nodon boʻlishdan Alloh panoh bersin, dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin