Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 69)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 69

قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا لَوْنُهَا ۚ قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ صَفْرَاءُ فَاقِعٌ لَوْنُهَا تَسُرُّ النَّاظِرِينَ 69 ٦٩

Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi. (69)

Tafsir
Ular sarkashlik va tortishishda davom etib, Muso alayhissalomga, Parvardigoringga duo qilib, uning rangi qanday boʻlishini soʻrab ber, deyishdi. Shunda Muso alayhissalom, u sap-sariq, koʻrgan odamning koʻzi quvonadigan sigir, deb javob berdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin