Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 79)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 79

فَوَيْلٌ لِلَّذِينَ يَكْتُبُونَ الْكِتَابَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَٰذَا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ لِيَشْتَرُوا بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَوَيْلٌ لَهُمْ مِمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌ لَهُمْ مِمَّا يَكْسِبُونَ 79 ٧٩

Kitobni o`z qo`li bilan yozib, so`ngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat bo`lsin! Ularga qo`llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo`lsin! Ularga topgan foydalaridan halokat bo`lsin! (79)

Tafsir
Kitobni qoʻllari bilan yozib, keyin uni dunyoning arzimas nematiga, mol-dunyo yoki mansabga almashtirib, yolgʻondan Alloh tarafidan nozil boʻlgan, deydigan bunday kimsalarni halokat va qattiq azob kutmoqda. Allohga qarshi yolgʻon ishlatib yozgan qoʻllari uchun ham, uning ortidan topgan mol-dunyo va mansablari uchun ham ularga halokat va qattiq azob boʻlgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin