Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 103

ثُمَّ بَعَثْنَا مِنْ بَعْدِهِمْ مُوسَىٰ بِآيَاتِنَا إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ فَظَلَمُوا بِهَا ۖ فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ 103 ١٠٣

So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol. (103)

Tafsir
Mazkur paygʻambarlardan keyin Muso alayhissalomni paygʻambar qilib yubordik. U oʻzining haqiqiy paygʻambar ekaniga ochiq hujjatlar keltirdi. Qavmi esa uni inkor qilish va unga kufr keltirishdan nariga oʻtmadi. Bas, ey Paygʻambar, Firavn va uning ayonlari ne ahvolga tushganlari haqida fikr yuriting. Alloh ularni choʻktirib oʻldirdi. Ortidan esa ularni dunyo va oxirat lanatiga uchratdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin