Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 85)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 85

ثُمَّ أَنْتُمْ هَٰؤُلَاءِ تَقْتُلُونَ أَنْفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًا مِنْكُمْ مِنْ دِيَارِهِمْ تَظَاهَرُونَ عَلَيْهِمْ بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَإِنْ يَأْتُوكُمْ أُسَارَىٰ تُفَادُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ ۚ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ ۚ فَمَا جَزَاءُ مَنْ يَفْعَلُ ذَٰلِكَ مِنْكُمْ إِلَّا خِزْيٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰ أَشَدِّ الْعَذَابِ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ 85 ٨٥

So`ngra, siz o`zingizni o`zingiz o`ldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yo`lida yordam berasiz. Agar ular asir bo`lsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o`shandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo`lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g`ofil emas. (85)

Tafsir
Keyin esa sizlar ahdni buzasizlar. Biringiz yana biringizni oʻldiradi, bir guruh boshqa bir guruhni diyordan haydaydi, ularga qarshi zulmu tugʻyon asosida oʻzaro hamkorlik qiladi, asir tushganlarni tovon toʻlab qutqarib ham olasizlar. Holbuki, yurtdan haydash aslida harom edi. Qanday qilib, Tavrotning bir qismiga iymon keltirib, boshqa bir qismini inkor qilasizlar? Asirlarni tovon toʻlab qutqarib olish haqidagi gaplarga iymon keltirasizlaru qon toʻkmaslik, yurtdan haydamaslik haqidagi koʻrsatmalarini rad etasizlar? Oralaringdagi bunday ishlarni qilgan kimsalar bu dunyoda xor-zor boʻlishi, oxiratda esa eng qattiq azobga uchrashi muqarrardir. Alloh sizlarning qilayotgan ishlaringdan gʻofil emas. Hammasini koʻrib-bilib turibdi. Vaqti kelganda hammasining jazosini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin