Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 87)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 87

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَقَفَّيْنَا مِنْ بَعْدِهِ بِالرُّسُلِ ۖ وَآتَيْنَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ الْبَيِّنَاتِ وَأَيَّدْنَاهُ بِرُوحِ الْقُدُسِ ۗ أَفَكُلَّمَا جَاءَكُمْ رَسُولٌ بِمَا لَا تَهْوَىٰ أَنْفُسُكُمُ اسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقًا كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقًا تَقْتُلُونَ 87 ٨٧

Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Payg`ambarlarni ketma-ket yubordik. Va Iyso ibn Maryamga ravshan(mo`'jiza)larni berdik va uni Ruhul Qudus bilan qo`lladik. Har qachon Payg`ambar sizning havoyi nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, ba'zilarini yolg`onchiga chiqarib, ba'zilarini o`ldiraverasizmi?! (87)

Tafsir
Musoga Tavrotni berib, ortidan bir necha paygʻambarlarni ergashtirdik. Iyso ibn Maryamga esa oʻliklarni tiriltirish, tugʻma koʻr va moxovlarni davolash kabi paygʻambarligini tasdiqlovchi oyat-alomatlarni ato etdik va uni Jabroil alayhissalom bilan qoʻllab-quvvatladik. Ey Bani Isroil, sizlarga Allohning paygʻambarlari havoyi nafsingizga toʻgʻri kelmaydigan hukmlarni olib kelganida kibrlanib, ulardan bir guruhini yolgʻonchiga chiqarib, boshqasini esa oʻldirib yuboraverasizlarmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin