Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 91)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 91

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ آمِنُوا بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ قَالُوا نُؤْمِنُ بِمَا أُنْزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَاءَهُ وَهُوَ الْحَقُّ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَهُمْ ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَنْبِيَاءَ اللَّهِ مِنْ قَبْلُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 91 ٩١

Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, nimaga ilgari Allohning Payg`ambarlarini o`ldirdingiz?!» (91)

Tafsir
Yahudlarga, Alloh shu paygʻambariga nozil qilgan haqiqat va hidoyatga iymon keltiringlar, deyilsa, oʻzimizning paygʻambarlarimizga nozil qilganigagina iymon keltiramiz, deydilar va Muhammad alayhissalomga nozil qilingan haqiqatni inkor qiladilar. Holbuki, Quron Alloh tarafidan oldin nozil boʻlgan barcha ilohiy kitoblarga muvofiq keladigan bir haqiqatdir. Agar ular haqiqatan oʻzlariga nozil qilingan haqiqatga ishonganlarida Quronga ham ishongan boʻlardilar. Ey Muhammad alayhissalom, ularga aytingki, agar rostdan ishongan boʻlsangizlar, u holda nima uchun oʻsha oldingi paygʻambarlarni oʻldirdingizlar?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin