Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko`tarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o`rnashtirildi. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!» (93)
Tafsir
Eslanglar! Sizlardan Muso alayhissalomga ergashish va u Alloh tarafidan olib kelgan haqqa ergashish haqida ahdu paymon olgandik. Ustinglarga togʻni koʻtarib qoʻyib, sizlarga berganimiz Tavrotni mahkam ushlanglar va unga quloq solinglar, aks holda ustingizga togʻni tashlaymiz, degandik. Sizlar esa qulogʻimiz bilan eshitib qoʻyaveramiz, amalda esa boʻysunmaymiz, dedinglar. Kofirliklaring tufayli buzoqqa ibodat qilishdek razolat qalbinglarda mahkam oʻrnashib qoldi. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga aytingki, agar moʻmin boʻlsangizlar, Allohga kufr keltirishga buyurayotgan iymoninglar naqadar yomon narsaga buyuryapti. Zero, haqiqiy iymon bilan kufr hech qachon bir joyda jam boʻlmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: