Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning hayotga eng hirs qo`ygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr ko`rishni suyadir. Ammo uzoq umr ko`rishi uni azobdan qutqarmas. Va Alloh ularning qilayotganlarini ko`ruvchidir. (96)
Tafsir
Ey Muhammad, yahudlarning har qancha xorlik, tubanlik bilan boʻlsa ham yashab qolishni istaydigan hayotga ochkoʻz odamlar ekanini koʻrasiz. Ular qayta tirilish va hisob-kitobga ishonadigan ahli kitob boʻlishlariga qaramasdan, qayta tirilish va hisob-kitobga inonmaydigan mushriklardan-da ochkoʻzroq kimsalardir. Ulardan biri ming yil umr koʻrishni istaydi. Har qancha umr koʻrmasin, u Allohning azobidan qutula olmaydi. Alloh ularning amallaridan ogoh boʻlib, koʻrib-bilib turadi va qilgan ishlariga yarasha jazo yoki mukofot beradi. Hech narsa U Zotdan maxfiy emas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: