Sura Toha (طه) (Oyat 134)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Toha(طه), Oyat 134

وَلَوْ أَنَّا أَهْلَكْنَاهُمْ بِعَذَابٍ مِنْ قَبْلِهِ لَقَالُوا رَبَّنَا لَوْلَا أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ آيَاتِكَ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَذِلَّ وَنَخْزَىٰ 134 ١٣٤

Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda bo`lishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan bo`lar edik», derdilar. (134)

Tafsir
Biz Paygʻambar alayhissalomni yolgʻonga chiqargan anavi kazzoblarni ularga bir paygʻambar yubormasdan, bir kitob nozil qilmasdan jazolaganimizda Qiyomat kuni oʻzlarini uzrli koʻrsatib: "Parvardigoro, bizga u dunyoda bir paygʻambar yuborganingda edi, unga iymon keltirgan va koʻrsatmalariga amal qilgan boʻlar edik hamda azobingga giriftor boʻlib, xor-zor boʻlmas edik", degan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin