Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 39

أَنِ اقْذِفِيهِ فِي التَّابُوتِ فَاقْذِفِيهِ فِي الْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ الْيَمُّ بِالسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّ لِي وَعَدُوٌّ لَهُ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِنِّي وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِي 39 ٣٩

«Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga O`zimdan muhabbat soldim. Buni Mening ko`z oldimda yetishtirilishing uchun (qildim). (39)

Tafsir
Biz onaga ilhom berib, endigina tugʻilgan chaqaloqni sandiqqa solib, daryoga otishni buyurdik. Toki, daryo Bizning amrimiz ila uni sohilga eltsin. Keyin uni Mening ham, uning ham dushmani boʻlmish Firavn tutib olsin. Ey Muso, sening ustingga Oʻzim tarafimdan bir muhabbat qoʻydim. Toki, odamlar seni yaxshi koʻrib qolsinlar va Mening hifzu himoyam ostida unib-oʻsgin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin