Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 73

إِنَّا آمَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغْفِرَ لَنَا خَطَايَانَا وَمَا أَكْرَهْتَنَا عَلَيْهِ مِنَ السِّحْرِ ۗ وَاللَّهُ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ 73 ٧٣

Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni mag`firat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar. (73)

Tafsir
"Biz esa kufrimiz va boshqa gunohlarimizni kechirishini umid qilib, Parvardigorimizga iymon keltirdik. Sen bizni sehrni oʻrganish va Muso bilan bellashishdek ogʻir gunohni qilishga majbur qilding. Ana shu gunohimizni ham magʻfirat aylashidan umidvormiz. Allohning mukofoti senikidan yaxshiroq, azobi ham senikidan kuchliroq".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin