Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 86)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 86

فَرَجَعَ مُوسَىٰ إِلَىٰ قَوْمِهِ غَضْبَانَ أَسِفًا ۚ قَالَ يَا قَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ الْعَهْدُ أَمْ أَرَدْتُمْ أَنْ يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌ مِنْ رَبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُمْ مَوْعِدِي 86 ٨٦

Bas, Muso qavmiga g`azablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi va'da qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq ko`rindimi yoki boshingizga Robbingizdan g`azab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan va'daga xilof qilibsiz?!» – dedi. (86)

Tafsir
Bas, Muso qavmining yoʻldan ozib, buzoqqa ibodat qilganidan gʻazablanib, xafa boʻlib qaytdi va dedi: «Ey qavmim, Alloh sizlarga Tavrotni nozil qilish haqida yaxshi vada qilmaganmidi?! Uzoq vaqt oʻtdimiki, uni unutgan boʻlsangiz? Yoki bu ishingiz bilan Parvardigoringiz tomonidan ustingizga gʻazab, azob tushishini istab, menga bergan itoatkorlikda barqaror turish haqidagi vadani buzdingizmi?!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin