Sura Ta-Ha (To-Ha — طه) (Oyat 90)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




20 Ta-Ha(طه), Oyat 90

وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَارُونُ مِنْ قَبْلُ يَا قَوْمِ إِنَّمَا فُتِنْتُمْ بِهِ ۖ وَإِنَّ رَبَّكُمُ الرَّحْمَٰنُ فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي 90 ٩٠

Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi. (90)

Tafsir
Holbuki, Muso qaytishidan oldin Horun ularga shunday degandi: «Oltindan buzoq haykalning yasalishi ham, uning moʻrashi ham bir sinovdan boshqa narsa emas. Shu sinov bilan moʻmin kofirdan ajraladi. Ey qavmim, albatta, sizlarning Parvardigoringiz gapirolmaydigan, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan mana bu buzoq emas, sizlarga marhamat koʻrsata oladigan yolgʻiz Rahmondir. Bas, menga ergashib va amrimga itoat etib, yolgʻiz Oʻsha Zotgagina ibodat qilingiz, Undan oʻzgaga ibodat qilmangiz».

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin