Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 24

أَمِ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً ۖ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ ۖ هَٰذَا ذِكْرُ مَنْ مَعِيَ وَذِكْرُ مَنْ قَبْلِي ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ الْحَقَّ ۖ فَهُمْ مُعْرِضُونَ 24 ٢٤

Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir. (24)

Tafsir
Ular Allohni qoʻyib, boshqa narsalarni oʻzlariga xudo qilib olganlar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Shu narsalarning mabudlikka haqli ekaniga hujjatingiz boʻlsa, keltiringlar. Menga nozil qilingan Quronda ham, oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan kitoblarda ham sizlar uchun hech qanday hujjat yoʻq". Yoʻq! Mushriklarning aksariyati hech qanday bilimga ega emas. Ular nodonligu taqlid girdobidan chiqa olmay, haqni qabul qilishdan bosh tortaveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin