Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 3

لَاهِيَةً قُلُوبُهُمْ ۗ وَأَسَرُّوا النَّجْوَى الَّذِينَ ظَلَمُوا هَلْ هَٰذَا إِلَّا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ ۖ أَفَتَأْتُونَ السِّحْرَ وَأَنْتُمْ تُبْصِرُونَ 3 ٣

Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar. (3)

Tafsir
Eshitganlari bilan ularning qalblari Quronning oyatlaridan gʻaflatdadir. Kufr keltirish bilan oʻzlariga zulm qilgan kimsalar: "Mana shu paygʻambarlikni davo qilayotgan odam sizlarga oʻxshagan bir odam, xolos. Sizlardan hech qanday farqi yoʻq. U olib kelgan narsa sehrdir. Koʻrib-bilib turib, oʻzingizga oʻxshagan odamga ergashasizlarmi?!", deb oʻzaro shivir-shivir qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin