Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 44

بَلْ مَتَّعْنَا هَٰؤُلَاءِ وَآبَاءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ الْعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِي الْأَرْضَ نَنْقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ۚ أَفَهُمُ الْغَالِبُونَ 44 ٤٤

Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi? (44)

Tafsir
Aslo! Oʻsha kofirlarning oʻzlarini ham, ota-bobolarini ham turli xil nematlardan Biz bahramand etdik. Bu ishimiz istidroj, yani, gunohlarini yanada koʻpaytirishlari va koʻproq azobga loyiq boʻlishlari uchun arqonni uzun tashlab qoʻyish edi. Uzoq vaqt oʻtishi bilan shunga aldanib, kofirliklarida qotib qoldilar. Anavi nematlarimizga aldanib, azobni shoshiltirayotganlar Bizning zaminni atroflaridan qisqartirayotganimizni koʻrmayaptilarmi? Shundan ibrat olmaydilarmi? Boshqalarning boshiga kelgan kulfat ularning ham boshiga kelib qolishi haqida oʻylamaydilarmi? Axir ular gʻolib emas, magʻlub boʻladilar-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin