Sura Anbiyo (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Anbiyo(الأنبياء), Oyat 47

وَنَضَعُ الْمَوَازِينَ الْقِسْطَ لِيَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا ۖ وَإِنْ كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَاسِبِينَ 47 ٤٧

Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz. (47)

Tafsir
Qiyomat kuni adolatli tarozularni oʻrnatamiz. Amallar toʻgʻri tortiladi. U kunda bironta odamning savobi kamaytirilmaydi, gunohi koʻpaytirilmaydi. Tortilayotgan narsa xardal urugʻichalik mayda boʻlsa ham tarozuga qoʻyiladi. Bandalarimizning amallarini hisob-kitob qilishda Oʻzimiz yetarlimiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin