Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 5

بَلْ قَالُوا أَضْغَاثُ أَحْلَامٍ بَلِ افْتَرَاهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِآيَةٍ كَمَا أُرْسِلَ الْأَوَّلُونَ 5 ٥

Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar. (5)

Tafsir
Ularning Muhammad alayissalom keltirgan vahiy haqida tayinli bir toʻxtamlari yoʻq edi. Goh, tavili yoʻq, algʻov-dalgʻov tush, desalar, gohida, gaplarining asli-asosi yoʻq, oʻzi toʻqib olgan, derdilar. Yana ayrim paytlarda esa, u shoir, deyishga oʻtardilar. Mabodo, aytayotgan gaplari rost boʻlsa, oldingi paygʻambarlar keltirgani kabi u ham bizga bir moʻjiza keltirsin. Masalan, Musoning asosi, Solihning tuyasi kabi, deyishardi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin