Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 79)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 79

فَفَهَّمْنَاهَا سُلَيْمَانَ ۚ وَكُلًّا آتَيْنَا حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُودَ الْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَالطَّيْرَ ۚ وَكُنَّا فَاعِلِينَ 79 ٧٩

Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, tog`larni va qushlarni bo`yinsundirib qo`ydik. Shularni qilguvchi bo`lgan Bizmiz. (79)

Tafsir
Masalaning toʻgʻri yechimini ota Dovudga emas, oʻgʻil Sulaymonga uqtirdik. Har ikkisiga paygʻambarlikni va shariat hukmlariga oid ilmni ato etdik. Bu borada faqat Sulaymonning oʻzini xoslab qoʻymadik. Togʻlarni va qushlarni boʻysundirdik. Dovud bilan birga tasbeh aytadigan boʻldilar. Uqtirgan ham, hukm va ilmni bergan ham, boʻysundirgan ham Biz boʻldik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin