Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 84)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 84

فَاسْتَجَبْنَا لَهُ فَكَشَفْنَا مَا بِهِ مِنْ ضُرٍّ ۖ وَآتَيْنَاهُ أَهْلَهُ وَمِثْلَهُمْ مَعَهُمْ رَحْمَةً مِنْ عِنْدِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَابِدِينَ 84 ٨٤

Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O`z rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bo`lsin», deb qildik. (84)

Tafsir
Uning duosini ijobat qilib, musibatini aritdik. Yoʻqotgan oilasi va bolalarini qaytarib berdik. Yana oʻshancha ziyodasini ham ato etdik. Bu ishlarni Oʻzimiz tarafimizdan boʻlgan bir rahmat ila hamda Allohga ibodat qiladigan, boʻysunadigan zotlarga eslatma-ibrat boʻlishi uchun, ular ham Ayyubdek sabr qilishlari uchun shunday qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin