Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 11

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَعْبُدُ اللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍ ۖ فَإِنْ أَصَابَهُ خَيْرٌ اطْمَأَنَّ بِهِ ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ انْقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِ خَسِرَ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْخُسْرَانُ الْمُبِينُ 11 ١١

Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir. (11)

Tafsir
Ayrim odamlar beqaror boʻladilar. Allohga shubhalanibroq ibodat qiladilar. Boylik, sogʻlik kabi yaxshiliklarga erishsalar, iymoni va ibodatida davom etaveradilar. Kambagʻallik, kasallik kabi noxushliklarga yoʻliqsalar, dini haqida yomon gumonga borib, murtad boʻladilar. Bunday odamlar har ikki dunyosini qoʻldan boy beradilar. Bu dunyoda ularga kofirligi nasibasini koʻpaytirib qoʻymaydi. Oxiratda esa Allohning azobiga giriftor boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin