Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 25

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ الَّذِي جَعَلْنَاهُ لِلنَّاسِ سَوَاءً الْعَاكِفُ فِيهِ وَالْبَادِ ۚ وَمَنْ يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍ بِظُلْمٍ نُذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ 25 ٢٥

Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz. (25)

Tafsir
Allohga kufr keltirgan, boshqalarni Islomga kirishiga toʻsqinlik qiladigan, Hudaybiya yilidagi mushriklar kabi odamlarni Masjidul-Haromdan toʻsadigan badbaxtlarga alamli azobni tottiramiz. Biz bu masjidni odamlarning namozlari uchun qibla, haj va umradagi ibodatlari uchun esa ibodatgoh qilib qoʻyganmiz.Bu ishda makkalik boʻladimi, chetdan kelgan musofir boʻladimi, farqi yoʻq. Kim haqdan yuz oʻgirib, qasddan gunohga ruju qilsa, unga alamli azobni tottiramiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin