Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla. (29)
Tafsir
Keyin qolgan haj ibodatlarini qilsinlar. Undan soʻng soch, tirnoqlarini olib, ehrom tufayli toʻplanib qolgan kirlarni yuvib, ehromdan chiqsinlar. Soʻngra esa haj, umra, qurbonlik kabi gardanlaridagi vazifalarni bajarib, Baytul-atiqni ifoza tavofi qilsinlar. "Baytul-atiq" iborasi "eski uy" degan manoni anglatadi. "Atiq" soʻzi "ozod qilingan", degan manoni ham bildiradi. Shunga koʻra, bu ibora "ozod qilingan uy" manosini ham anglataveradi. Zero, Alloh bu Uyni zolimlardan, zoʻravonlardan ozod etgan.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: