Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 2

يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّا أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَىٰ وَمَا هُمْ بِسُكَارَىٰ وَلَٰكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ 2 ٢

Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir. (2)

Tafsir
Uni koʻrgan kuningizda qoʻrquv dahshatidan har bir emizib turgan ona emizayotgan bolasini unutib qoʻyadi. Har bir homilador ayol homilasini tashlab yuboradi. Odamlarni dahshatning zoʻrligidan xuddi es-hushini yoʻqotgan mastlardek koʻrasiz. Aslida esa ular mast emaslar. Allohning azobi qattiqligidan ular es-hushlarini yoʻqotib qoʻygandek koʻrinadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin