Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 30

ذَٰلِكَ وَمَنْ يُعَظِّمْ حُرُمَاتِ اللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَهُ عِنْدَ رَبِّهِ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ الْأَنْعَامُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَاجْتَنِبُوا الرِّجْسَ مِنَ الْأَوْثَانِ وَاجْتَنِبُوا قَوْلَ الزُّورِ 30 ٣٠

Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling. (30)

Tafsir
Soch va tirnoqlarni olib, kirlardan tozalanib, ehromdan chiqish hamda boʻyningizdagi vazifalarni ado etib, Uyni tavof qilish kabi ishlar Alloh buyurgan ishlardir. Alloh buyurgan ishlarga rioya qilinglar, ularni ulugʻ bilinglar. Kim Alloh belgilab qoʻygan hadlarni ulugʻ bilib, U Zotning taqiqlaridan tiyilsa, bu dunyoda ham, oxiratda Parvardigori huzurida turganida ham oʻziga yaxshi boʻladi. Mushriklar bahiyrani, yani, malum miqdorda bola koʻrganidan keyin qulogʻi kesilgan tuyani, soibani, yani, malum yoshga yetganidan keyin sanamlariga tashlab berilgan tuyani, vasiylani, yani, urgʻochidan keyin urgʻochi tugʻavergan tuyani, homiyni, yani, pushtidan malum miqdorda boʻtaloq tugʻilgan erkak tuyani oʻzlariga oʻzlari harom qilib olib, ularni Alloh harom qilgan, deya Allohga boʻhton qiladilar. "Moida" surasining 103-oyatida bu haqda aytib oʻtilgan. Bu oyatda ana shunga javoban aytilyaptiki, ey odamlar, sizlarga tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlari halol qilindi. Ulardan birontasi ham, homiy ham, bahiyra ham, vasiyla ham harom qilinmagan. Faqat Quronda aytib oʻtilgan oʻlimtik, qon va hokazolargina harom qilingan, xolos. Bas, butlar kabi najasdan yiroq boʻlinglar va Allohga qarshi aytilgan har qanday nohaq, yolgʻon gapdan yiroq boʻlinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin