Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 36

وَالْبُدْنَ جَعَلْنَاهَا لَكُمْ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ ۖ فَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا صَوَافَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا مِنْهَا وَأَطْعِمُوا الْقَانِعَ وَالْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَاهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 36 ٣٦

Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz. (36)

Tafsir
Baytullohga qurbonlik uchun kelayotgan tuya-mollarda sizlar uchun diniy va dunyoviy manfaatlar bor. Ular dinning belgilaridandir. Bas, ularni tik holatida soʻyayotib, oldi oyoqlaridan birini bogʻlagan paytingizda "Bismillah", denglar. Soʻyib boʻlganingizdan keyin yoniga yiqilgach, undan oʻzinglar ham tanovul qilinglar hamda soʻrashni oʻziga ep koʻrmaydigan qanoatli odamga ham, kambagʻal tilanchiga ham beringlar. Biz ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydik. Ularni minasizlar va ularga yuk ortasizlar. Shoyadki, shu bergan nemati uchun Allohga shukr qilsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin