Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber. (37)
Tafsir
Bu qilayotgan qurbonliklaringizning goʻshtlari ham, qonlari ham Allohga yetib bormaydi. Lekin shu ishlaringizda qilgan taqvoyingiz, yani, U Zotga yaqin boʻlish uchun bu ishlarni ixlos bilan bajarishingiz yetib boradi. Shunday qilib Alloh ularni sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Toki, haqni topib olishingizda Alloh sizlarga tavfiq bergani uchun U Zotga takbir ayting, shukr qiling. Ey Paygʻambar, Parvardigorlariga ibodat qilishda ham, U Zot yaratgan maxluqotlar bilan muomala qilishda ham ishni puxta bajaradigan zotlarga xursandlik xabarini bering.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: