Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 46

أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَٰكِنْ تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ 46 ٤٦

Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko`zlar ko`r bo`lmas, siynalardagi qalblar ko`r bo`lur. (46)

Tafsir
Anavi Paygʻambar alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarayotganlar yer yuzini kezmaydilarmi? Oʻshanda halokatga uchragan qishloqlarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, fikr qilarmidilar? Ularning qissalarini eshitib, ibrat olarmidilar? Zero, koʻrlik bu koʻzning koʻrligi emas, koʻngilning koʻrligidir. Chunki koʻngil koʻzi koʻr odam ibrat olmaydi, nasihatga quloq solmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin