Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 54

وَلِيَعْلَمَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّكَ فَيُؤْمِنُوا بِهِ فَتُخْبِتَ لَهُ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ اللَّهَ لَهَادِ الَّذِينَ آمَنُوا إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 54 ٥٤

Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir. (54)

Tafsir
Ilm ato etilgan zotlar Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quron Alloh tarafidan vahiy qilib yuborilgan haq ekaniga aniq ishonadilar. Ularning iymoni yanada ziyodalashib, qalblari taskin topadi. Alloh iymon keltirgan zotlarni haqqa boʻysunganlari uchun mukofotlab, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilib qoʻyadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin