Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 5

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنْ كُنْتُمْ فِي رَيْبٍ مِنَ الْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ مِنْ نُطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ مِنْ مُضْغَةٍ مُخَلَّقَةٍ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍ لِنُبَيِّنَ لَكُمْ ۚ وَنُقِرُّ فِي الْأَرْحَامِ مَا نَشَاءُ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ ۖ وَمِنْكُمْ مَنْ يُتَوَفَّىٰ وَمِنْكُمْ مَنْ يُرَدُّ إِلَىٰ أَرْذَلِ الْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِنْ بَعْدِ عِلْمٍ شَيْئًا ۚ وَتَرَى الْأَرْضَ هَامِدَةً فَإِذَا أَنْزَلْنَا عَلَيْهَا الْمَاءَ اهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَنْبَتَتْ مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ 5 ٥

Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir. (5)

Tafsir
Ey odamlar, sizlarni qayta tiriltira olishimizga shubhalanayotgan boʻlsangiz, oʻzingizning qanday yaratilganingiz haqida fikr yuriting. Otangiz Odamni tuproqdan yaratdik. Keyin uning zurriyotini erning pushtikamaridan ayolning bachadoniga otilib oʻtadigan maniydan yaratdik. Keyin maniy qotib qolgan qonga aylandi. Qotib qolgan qon esa chaynab tashlangan goʻshtdek bir parcha goʻshtga aylandi. Bu parcha goʻsht oʻz navbatida yo yangi chaqaloq tarzida chiqadigan boʻlib bachadonda qoldi yoki bachadondan tushib ketdi. Sizlarga davrma-davr yarata olishimizni bayon qilish uchun shunday qildik. Bachadonlarda qaysi biri qolishini istasak, oʻshani qoldiramiz. Keyin toʻqqiz oy oʻtib, vaqti soati kelganda yangi chaqaloq boʻlib, dunyo yuzini koʻradi. Keyin kuchingiz va aqlingiz kamol topib ulgʻayasiz. Sizlardan kimdir chaqaloqdek hech narsani bilmaydigan darajadagi eng tuban umrgacha yetib boradi, yana kimdir undan oldin oʻlib ketadi. Yerni hech bir giyoh yoʻq qaqragan holda koʻrasiz. Unga yomgʻir yogʻdirganimizdan keyin u koʻpchiydi va turli xil chiroyli oʻsimliklarni undirib chiqaradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin