Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir.
Al-Hajj 22:5 ⧉