Bu(holat)lar ko`rsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U o`liklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir. Al-Hajj 22:6 ⧉
Tafsir:
Ilk yaratilish va uning bosqichlari hamda tugʻilmishning holatlari haqida aytib oʻtdik. Toki, sizlarni yaratgan Zot ibodat qilayotganingiz but-sanamlar emas, Alloh ekaniga ishoninglar. U Zotning oʻliklarni qayta tiriltirishiga ham, hamma ishga Qodir ekaniga ham iymon keltiringlar.