Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 60

ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِ ثُمَّ بُغِيَ عَلَيْهِ لَيَنْصُرَنَّهُ اللَّهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ 60 ٦٠

Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir. (60)

Tafsir
Gap shu. Alloh yoʻlida hijrat qilganlar jannatga kiritiladilar. Kimga qancha tajovuz qilingan boʻlsa, u ham oʻshancha tajovuz qilishi joiz. Endi tajovuzkor yana battar avj olib, yanada qattiqroq tajovuz qilsa, Alloh mazlumga albatta yordam beradi. Alloh moʻminlarning gunohlarini afv etuvchi, ularni magʻfirat qiluvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin