Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 63

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ أَنْزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَتُصْبِحُ الْأَرْضُ مُخْضَرَّةً ۗ إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ 63 ٦٣

Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bo`lishini ko`rmadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir. (63)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan giyohlar unib chiqib, butun zamin yam-yashil boʻlganini koʻrmadingizmi? Alloh bandalariga mehribonlik qilib, ularga yomgʻir yogʻdirib berdi va yerdan turli xil oʻsimliklar unib chiqdi. Alloh bandalariga nima foydali ekanini juda yaxshi biladigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin