Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 65

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي الْأَرْضِ وَالْفُلْكَ تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِأَمْرِهِ وَيُمْسِكُ السَّمَاءَ أَنْ تَقَعَ عَلَى الْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ 65 ٦٥

Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir. (65)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Alloh zamindagi narsalarni sizning va odamlarning ehtiyojlari, manfaatlariga boʻysundirib berganini, U Zotning amri bilan dengizda suzib, shahardan shaharga qatnaydigan kemalarni boʻysundirib berganini, osmonni yerga qulab tushmasligi uchun tutib turishini, u faqat Allohning izni bilangina qulashi mumkinligini koʻrmadingizmi? Alloh odamlarga Mehribon, Rahmli Zotdirki, ular shuncha zulm qilsalar ham ularga shuncha narsalarni boʻysundirib bergan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin