Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 74

مَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ 74 ٧٤

Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. (74)

Tafsir
Ular oʻzlari kabi bir maxluqqa ibodat qilib, Allohni yetarlicha ulugʻlamadilar. Alloh Kuchlidir. Osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni yaratgani U Zotning qanchalar buyuk qudrat sohibi ekanini koʻrsatib turibdi. U Gʻolibdir. Hech kim, hech narsa U Zotdan ustun boʻla olmas. Mushriklar sigʻinayotgan butlar esa hech narsani yarata olmaydigan zaifdir, xordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin