Sura Al-Mu'minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Al-Mu'minun(المؤمنون), Oyat 44

ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَىٰ ۖ كُلَّ مَا جَاءَ أُمَّةً رَسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۚ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُمْ بَعْضًا وَجَعَلْنَاهُمْ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعْدًا لِقَوْمٍ لَا يُؤْمِنُونَ 44 ٤٤

So`ngra Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga o`z Payg`ambari kelsa, uni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ham ularni ba'zilari ortidan ba'zilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu so`zga aylantirdik. Bas, daf' bo`lsin iymon keltirmaydigan qavmlar! (44)

Tafsir
Keyin orqama-orqa paygʻambar ketidan paygʻambar yubordik. Qaysi bir ummatga oʻz paygʻambari kelsa, uni yolgʻonchiga chiqardilar. Shu bilan ularni birin-ketin halok qilib, odamlarning ogʻzidagi gap-soʻzga aylantirdik. Bas, paygʻambarlari Parvardigorlari tarafidan olib kelgan risolatga iymon keltirmaydigan qavmga halokat boʻlgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin