Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 45

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ فَاخْتُلِفَ فِيهِ ۗ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مُرِيبٍ 45 ٤٥

Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbing tomonidan oldin so`z o`tmaganida, oralarida, albatta, hukm chiqarilardi. Albatta, ular u haqda gumonli shakdadirlar. (45)

Tafsir
Biz Musoga Tavrotni berdik. U haqda ham ixtilof qilingan. Kimdir unga iymon keltirgan, kimdir kufr keltirgan. Bandalar oʻrtasida qilinadigan ajrim Qiyomat kuni boʻlishi haqidagi Allohning vadasi boʻlmaganda edi, Tavrot haqida ixtilof qilganlar oʻrtasida hukm chiqarib qoʻyilgan va kim haq, kim nohaq aniqlanib, haqlar ezozlangan, nohaqlar esa xorlangan boʻlardi. Albatta kofirlar Quron haqida shubha-gumonga boraveradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin