Sura Mo‘minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Mo‘minun(المؤمنون), Oyat 71

وَلَوِ اتَّبَعَ الْحَقُّ أَهْوَاءَهُمْ لَفَسَدَتِ السَّمَاوَاتُ وَالْأَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ۚ بَلْ أَتَيْنَاهُمْ بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَنْ ذِكْرِهِمْ مُعْرِضُونَ 71 ٧١

Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar. (71)

Tafsir
Agar Alloh ishlarni ularning istaklariga qarab tadbirini qilgan va yuritganida edi, osmonlaru yer va ulardagi hamma narsalar buzilib, vayron boʻlardi. Chunki ular ishlarning oqibatini ham, nima toʻgʻri-yu, nima notoʻgʻriligini ham bilmaydilar. Biz ular uchun izzat va sharaf boʻlgan Quronni keltirdik. Ular esa undan yuz oʻgirdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin