Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz? (80)
Tafsir
Jon ato etadigan ham yolgʻiz Allohdir. Undan oʻzga jon ato etguvchi yoʻq. Jonni oladigan ham yolgʻiz U Zotdir. Undan oʻzga jon olguvchi yoʻq. Kecha va kunduzning qorongʻu-yorugʻ boʻlib, uzun-qisqa boʻlib oʻzgarib turishi ham yolgʻiz Oʻsha Zotning amri bilandir. Shunday ekan, Uning qudrati haqida, yaratishu tadbir etishda yagona ekani haqida aql yuritmaysizlarmi?!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: