Sura Mo‘minun (Mo‘minlar — المؤمنون) (Oyat 91)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




23 Mo‘minun(المؤمنون), Oyat 91

مَا اتَّخَذَ اللَّهُ مِنْ وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُ مِنْ إِلَٰهٍ ۚ إِذًا لَذَهَبَ كُلُّ إِلَٰهٍ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ 91 ٩١

Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bo`lmagan. Shundoq bo`lganida, har bir iloh o`zi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo`ldi. (91)

Tafsir
Kofirlar oʻylayotganidek, Alloh bola tutmagan. Undan oʻzga chin mabud ham yoʻq. Farazan boshqa mabudlar ham bor boʻlsa, ulardan har biri oʻzi yaratgani bilan ketgan va bir-biridan gʻolib boʻlishga intilgan, natijada borliq nizomi izidan chiqib ketgan boʻlardi. Borliq nizomi joyida turganining oʻzi yolgʻiz Allohdan oʻzga hech bir chin mabud yoʻqligini koʻrsatib turibdi. U Zot mushriklar tavsiflayotgan bolasi bor, sherigi bor, degan nuqsonlardan Pok va Oliydir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin