Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, ifkni keltirganlar o`zingizdan bo`lgan bir usba (to`da)dir. Uni o`zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o`zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini ko`targan kimsaga buyuk azob bordir. (11)
Tafsir
Ey moʻminlar, boʻhton qilib, moʻminlar onasi Oisha onamizni (Alloh u kishidan rozi boʻlsin) badnom qilmoqchi boʻlganlar oʻzlaringizdan boʻlgan bir toʻdadir. Bu ishni oʻzlaringiz uchun yomonlik, deb bilmanglar. Aksincha, u sizlar uchun yaxshilikdir. Zero, unda savob bor, moʻminlarni saralash bor, moʻminlar onasining begunoh ekaniga isbot bor. Shu boʻhtonga aralashgan har bir kimsa qilmishiga yarasha jazo oladi. Uni boshlab berish bilan gunohning kattasini koʻtarib olgan kimsa uchun esa buyuk azob bor. Bu yerda munofiqlarning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul nazarda tutilyapti.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: